Mahmud Murodov xayrli ishlarga qo‘l urmoqda (Video)

  • 24 noyabr, 2020, 11:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

MMA bo‘yicha jahonning eng nufuzli promousheni UFC bilan shartnoma imzolagan ilk o‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov ayni kunlarda Buxoro shahrida bo‘lib turibdi. U 20 noyabr kuni O‘zbekistonga kelgan edi. Ma’lumki, uning navbatdagi jangi Kevin Xollandga qarshi bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq yurtdoshimizda koronavirus aniqlanganligi bois, bu jang bekor qilingandi. Murodov ushbu kasallikdan to‘la xalos bo‘ldi va mashg‘ulotlarga kirishdi.

Tecno

Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, u mazkur tashrifi chog‘ida Buxorodagi nogiron bolalar va katta yoshli insonlarni ziyorat qilib, xayrli ishlarga qo‘l urmoqda.

Quyida, uning ushbu tashrif chog‘idan video lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!