
Mahorat bobida Messiga teng futbolchi bor
“Barselona”ning sobiq hujumchisi Samyuel Eto′O kataloniyaliklarning ashaddiy raqibi “Real” tarkibida to‘p surayotgan Eden Azar haqida iliq fikrlarni bildirdi.
- “Barselona” yangi mavsumda chempion bo‘ladi. Lekin men qalbimga yaqin bo‘lgan “Malorka”ning La Ligaga qaytishini ko‘proq xohlayman. Messi o‘g‘limday bo‘lib qolgan. U jamoaga qaytganidan xursandman. Ular “Barselona”ning o‘yin uslubiga mos ko‘proq futbolchilarni olishlari kerak.
Eden Azar mahorat bobida Messining darajasidagi futbolchi. Buskets yana o‘z saviyasini namoyish qilishidan umidvorman. U zo‘r o‘ynagan vaqtda “Barselona” doim sovrinlarga ega bo‘lgan, - dedi afrikalik futbol yulduzi.
Fikrlar