Makallister: "Messi ketganda butun futbol olami g‘amga to‘ladi"

  • 20.09.2025 16:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" hamda Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksis Makallister Lionel Messining faoliyati tugagach futbolga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr bildirdi.

— Uning faoliyati tugaganda futbol olami uchun qanday bo‘ladi, deb o‘ylaysan?

— Dunyodagi eng yaxshi o‘yinchini yo‘qotish hammamiz uchun g‘amli bo‘ladi. U futbolga juda ko‘p narsa berdi. Hech shubha yo‘qki, odamlar uni sog‘inishadi. Ammo u hammani baxtli qilish uchun maydonda qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Faoliyati tugagach, futbolga aralashmasligini aytgan. Shunga qaramay, Messi yillar davomida futboldan zavq olganiga ishonaman.

— U kelajakda murabbiylikka qo‘l uradi, deb o‘ylaysanmi?

— Ehtimol, u bunday niyatda emasligini aytgan. Ammo avvallari ham ko‘plab futbolchilar shunday degan, keyin esa murabbiylikka kirishishgan, – dedi Aleksis Makallister.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!