Makgregor UFC tomonidan qo‘yilgan taqiqni buzdi

  • 08.10.2024 16:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor promoushenning pul tikish bo‘yicha taqiqini buzdi. Xabarlarga ko‘ra, irlandiyalik jangchi Aleks Pereyra va Xalil Rauntri to‘qnashuvi erta yakunlanishiga million dollar tikkan. Ammo Konor bo‘lajak jazodan xavotirlanayotganga o‘xshamayapti.

“Tavakkal qilmagan, g‘alaba qozonmaydi”, - deb yozgan Makgregor ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, UFC o‘z jangchilariga 2022 yildan beri pul tikishni taqiqlab, buni “UFC sportchilarining axloq kodeksi” buzilishi, deb hisoblashini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!