Maks Xollowey va Charlz Oliveyra bo‘lajak jang uchun dahshatli gonorar olishi mumkin
Xabaringiz bor, 8 mart kuni Las-Vegasda "UFC 326" turniri bo‘lib o‘tadi. Kechaning markaziy to‘qnashuvida amerikalik Maks Hollowey va Braziliya vakili Charlz Oliveira BMF kamari uchun o‘zaro jang qilishi rejalashtirilgan.
Maks va Charlz o‘rtasidagi bahs uchun ajratilgan mablag‘ hozircha noma’lum. Biroq, "Sporty Salaries" veb-sayti ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik sportchi polshalik Mateush Gamrot bilan oldingi jangida 571 000 dollar ishlab topgan. Ulardan 50 000 dollari bonus va 21 000 dollari esa homiylik pullari edi.
Maks Hollowey 2025 yil yozida hamyurti Dastin Porye bilan jangi uchun taxminan 1,54 million dollar gonoarni qo‘lga kiritgan.
Demak, bo‘lajak qarama-qarshilik uchun ham bu ikki jangchiga berilajak pullar anchagina ko‘p bo‘lishi mumkin.
Fikrlar