Manchester grandlari 19 yoshli norvegiyalik futbolchiga qiziqib qolishdi

  • 07.08.2019 17:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” Norvegiyaning “Bude-Glimt” klubi yarim himoyachisi Xakon Evenga qiziqib qoldi.

Ta’kidlash kerakki, 19 yoshli norvegiyalik futbolchi manchesterlik skautlar ko‘z oldida “Stremsgodset” klubi darvozasiga 2ta gol urdi.

“Stadionda “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” skautlari o‘tirganini bilmagandim. Bu ajoyib. Lekin hozir bor e’tiborim bo‘lajak o‘yinlarga qaratilgan”, - deydi Even.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!