Manchester klubiga 100 million, oʻyinchiga yiliga 28 million funt toʻlaymiz!

  • 09.01.2026 08:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistoni Professional ligasining eng qudratli klublaridan “Al-Hilol”  qishki transferlar oynasida “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi va jamoa sardori Brunu Fernandeshni sotib olish bo‘yicha tayyorgarlikka qayta kirdi.

Bu haqida Indykaila News nashri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya klubi portugalik futbolchining transferi uchun mankunianlarga 100 million funt sterling taklif qilishga tayyor.

Shu bilan birga, Fernandeshning o‘zi haftasiga 600 ming funt (yiliga taxminan 28,8 mln funt) maosh oladi.

Joriy mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda 19 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 40 mln yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!