"Manchester Siti" Angliya terma jamoasi futbolchisini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
"Manchester Siti" "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Andersonni transfer qilish ustida faol ishlamoqda.
"Fichajes" nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, "shaharliklar" rahbariyati havbek ularning tizimiga mukammal mos kelishiga ishonmoqda. Andersonning o‘zi ham "Siti"ga o‘tishga qarshi emas. "O‘rmonchilar" Anderson transferidan 100 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
23 yoshli futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 60 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma'lumot uchun, angliyalik yarim himoyachi joriy mavsum "Nottingem" safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar