
“Manchester Siti” “Barsa”da gullayotgan yulduzni so‘rayapti
“Manchester Siti” mutasaddilari yozgi transferlar vaqtida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
“Shaharliklar” yozda “Barselona” hujumkor futbolchisi Rafinyani o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar jamoasida asosiy figuralardan biriga aylanib bormoqda. Shunga qaramay, “Barselona” mutasaddilari jo‘yali taklif kelsa, uni qo‘yib yuborishga qarshilik ko‘rsatilmasligini ta’kidlagan.
“Manchester Siti” 27 yoshli futbolchi uchun kurashda Saudiya Arabistoni klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Rafinya Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tgunga qadar Angliyada “Lids” sharafini himoya qilgan va Premer-ligaga moslashish unga qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Transfermarkt portali ekspertlari o‘yin ochilib borayotgan futbolchini 60 million evroga baholamoqda. Uning “Barselona” bilan shartnomasi yana uch yil davom etadi.
Fikrlar