"Manchester Siti" Bravo o‘rniga superdarvozabon topdi

  • 24 mart, 2017, 23:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno
 

Bu mavsumda darvozabonlardan kuygan "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola yozgi transferlar mavsumida asosiy e’tiborini mahoratli posbon topishga qaratadi.

Ayni paytda ispaniyalik mutaxassis bir qator darvozabonlarni qo‘lga kiritish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. Lekin zamonaviy futbolda grand klublar darvozasini qo‘riqlayotgan kuchli darvozabonlarni osonlikcha qo‘lga kiritishning iloji yo‘q.

Gvardiola katta klublarga futbolchi tarbiyalab byudjetini boyitishga e’tibor qaratadigan jamoalarga e’tibor qaratdi va "Benfika" darvozaboni Ederson Moraesni olishga qaror qildi.

Bu darvozabonning transfer narxi 37 million evroni tashkil qilmoqda. Oyoqda zo‘r o‘ynayodigan Ederson bu mavsum "Benfika"ning 32 ta uchrashuvida qatnashdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!