"Manchester Siti" etakchilaridan birini Saudiya klubiga sotadi

  • 20 oktabr, 2024, 12:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi va Angliya terma jamoasi qanot himoyachisi Kayl Uoker kelasi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Delinedaylive nashri xabarlariga ko‘ra, ingliz grandi etakchi futbolchisini Saudiya Arabistoni klubiga sotishi mumkin.

Uokerning xizmatlariga “Al-Ahli” klubi qiziqish bildirmoqda. Kaylning Saudiya klubiga potentsial transfer narxi esa taxminan 17 million evroga baholanmoqda.

34 yoshli himoyachi «Manchester Siti» safida 2017 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Klub va futbolchi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Kayl Uoker joriy mavsum Premer-liganing joriy mavsumida beshta o‘yinda qatnashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!