“Manchester Siti” Foden bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
“Manchester Siti” rahbariyati hujumkor yarim himoyachi Fil Foden bilan mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Bu haqida The Athletic nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, “shaharliklar” o‘z tarbiyalanuvchisini tarkibda saqlab qolishni xohlamoqda, ammo 25 yoshli futbolchining beqaror sport formasi sabab muzokaralar murakkab bo‘lishi mumkin. Klub hali ham futbolchi avvalgi yuqori formasiga qayta olishiga umid qilmoqda.
Joriy mavsumda Foden barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va beshta golli uzatma berdi. Uning “Manchester Siti” bilan amal qilayotgan shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi.
Transfermarkt ekspertlari yarim himoyachining qiymatini 80 million yevro deb baholamoqda.
Fikrlar