"Manchester Siti" Frantsiya chempionatidan yangi hujumchi topdi
Frantsiyaning "Trua" klubi 18 yoshli hujumchisi Matis Deturbe faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Footmercato" xabar bermoqda.
Jurnalistlarga ma’lum bo‘lishicha, yosh futbolchi allaqachon "shaharliklar" bazasiga tashrif buyurgan. "Manchester Siti"ning hujumchi uchun raqobatda "Monako" va "Roma" nomlari tilga olinmoqda. Rim klubi sakkiz million evro va ikki million bonus taklif qilgan, ammo rad javobini olgan.
Frantsiya chempionatining joriy mavsumida Deturbe 16 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar