“Manchester Siti” futbolchisi klubni tark etishga qaror qildi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva mavsum yakunlangandan soʻng jamoani tark etishga qaror qilgan. Bu haqida "El Chiringuito TV" nashri jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbada berilgan maʼlumotga koʻra, 31 yoshli futbolchi allaqachon jamoasini oʻzgartirishga rejalashtirgan. Silvaning yangi jamoasi "Barselona" klubi boʻlishi kutilmoqda. Bernarduning "Siti" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
Eslatib oʻtamiz, portugaliyalik havbek 2017 yildan beri "shaharliklar" safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 437 ta uchrashuvda maydonga tushib, 73 ta gol kiritdi va 76 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar