"Manchester Siti" futbolchisi rekord o‘rnatdi
Portugaliya milliy terma jamoasi hamda Angliyaning "Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Bernardu Silva Angliya Premier-ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan portugalialik futbolchi bo‘lib rekord o‘rnatdi.
Gap shundaki, "shaharliklar" xavbegi kecha Londonning "Chelsi" klubiga qarshi bahsda maydonga tushdi. Bu bahs Bernardu uchun Angliya Premier-ligasi doirasidagi 297-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa, Silva "Vest Xem", "Arsenal" va "Fulxem" klublarida to‘p tepgan Luish Morteni ortda qoldirdi. Uning hisobida 296ta o‘yin bor edi. Kuchli uchlikni esa Krishtianu Ronaldu yakunlab beradi. Krish "Manchester Yunayted" safida APLda 236ta uchrashuvda maydonga tushishning uddasidan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, Bernardu Silva joriy yilning yozida "Manchester Siti" ni tark etishi deyarli aniq.

Fikrlar