"Manchester Siti" futbolchisiga Frantsiya va Turkiya klublari qiziqish bildirmoqda
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva katta ehtimol bilan joriy mavsumdan so'ng jamoani tark etadi. "Shaharliklar" sardorining amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi, yangi bitim borasida esa hozircha muzokaralar olib borilayotgani yo'q.
Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko'ra, 31 yoshli portugaliyalik futbolchiga da'vogarlar ro'yxatiga PSJ ham qo'shildi. Parij klubi mavsum yakunidan keyin uni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Shuningdek, Bernardu Silvaga Turkiyaning "Galatasaray" hamda Ispaniyaning "Barselona" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot uchun, futbolchi 2017 yildan buyon "Manchester Siti" safida to'p surib kelmoqda.
Fikrlar