“Manchester Siti” homiysi pul yuvish aybi bilan katta jarimaga tortildi

  • 07.10.2026 07:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”ning rasmiy homisi – OKX kriptovalyuta birjasi pul yuvishga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilikni muntazam ravishda buzgani uchun nazorat organlari tomonidan qariyb 400 million funt sterling  (472 million yevro)  miqdorida jarimaga tortildi.

Bu haqida The Sun xabar berdi.

Tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, platforma 5 milliard dollarдан ortiq summada shubhali tranzaksiyalar va noqonuniy daromadlarni legallashtirish jarayonlariga ko‘maklashgan.

Nazorat organlari mijozlarni tekshirish protokollarida kamchiliklar borligini va shubhali operatsiyalarga e’tibor berilmaganini aniqlagan.

Ushbu voqea “Manchester Siti”  rahbariyatini reputatsiyaviy xavflarni baholashga va OKX bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishga majbur qilgan.

Hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv 2022 yilda imzolangan bo‘lib, klubga mashg‘ulot libosida brendni joylashtirish uchun o‘nlab million funt daromad keltirgan.

Avvalroq Angliya klubi Premyer-liganing moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgan edi. Shuningdek, ko‘p sonli qoidabuzarliklar tufayli “Manchester Siti”  Premyer-ligadan chetlatilishi va qo‘lga kiritgan sovrinlaridan mahrum qilinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
07/10/2026 08:22
узбекистондаги рахбарларни 90%и пул ювиш - откат билан шугулланади