“Manchester Siti” katta transferga qo‘l urmoqchi

  • 21.02.2026 15:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Anderson "Manchester Siti" futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" Anderson uchun asosiy favorit hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, klub allaqachon Xosep Gvardiola mavsum oxirida ketgan taqdirda ham "Siti"ga o‘tishga qarshi bo‘lmagan futbolchining vakillari bilan bog‘langan. Bitim summasi taxminan 91-114 mln yevroni tashkil qilishi mumkin.

Joriy mavsumda 23 yoshli Anderson barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Andersonning "Nottingem Forest" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!