"Manchester Siti" Klishiga o‘rinbosar topdi
Frantsiyaning "Monako" klubi himoyachisi Benjamen Mendi faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettrishi mumkin.
Gap shundaki, 22 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatlariga "Manchester Siti" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mankuanliklar Mende uchun 35 mlg evrodan voz kechishga tayyor. Ta’kidlash kerakki "shaharliklar" Mendini mavsum yakunlangach jamoani tark etadigan Gael Klishining o‘rnida ko‘rishmoqda.
Ma’lumot uchun, Benjamen "Monako" safiga o‘tgan yilning yozida "Marsel"dan 15 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.



Fikrlar