"Manchester Siti"ni 10 yilga Yevropa musobaqalaridan chetlatilishi kutilyapti
«Manchester Siti» klubi ko‘plab moliyaviy qoidalarni buzgani uchun jiddiy jazolarga duch kelishi mumkin. Bu haqida Teamtalk manbasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, UEFA ingliz grandini Yevropa musobaqalarida ishtirok etishdan o‘n yilgacha chetlatish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bunday qaror klubning apellyatsiyasi rad etilgan taqdirda kuchga kirishi mumkin.
Avvalroq mustaqil komissiya 2009 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda «shaharliklar» tomonidan bir qator moliyaviy qoidalar buzilganini aniqlagani ma’lum qilingan edi. «Manchester Siti» ushbu xulosalarga rozi emasligini bildirib, rasmiy ravishda apellyatsiya bergan.
Hozirgi mavsumda «Manchester Siti» Liga chempionlari musobaqasida ishtirok etmoqda. Joriy haftada Enzo Mareski shogirdlari o‘z maydonida «PSJ» jamoasiga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar