"Manchester Siti" "Oltin to‘p" sohibiga ikkita o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 5 noyabr, 2024, 20:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan yarim himoyachi Rodri yaqin oylar ichida "Manchester Siti"ga yordam bera olmaydi. 25 yoshli ispaniyalik futbolchi mavsum yakuniga qadar tizzasidan olgan jiddiy jarohatidan sog‘ayishga ulgurmaydi.

L'Equipe nashrining xabar berishicha, Rodrini yo‘qotgan "shaharliklar" rahbariyati uning o‘rniga ikkita nomzod topib qo‘ydi. Gap "Real Sosedad" futbolchisi Martin Subimendi va "Torino" futbolchisi Samuele Ricchi haqida ketmoqda. Transfermarkt portali mutaxassislari 25 yoshli Subimendini 60 million evroga, 23 yoshli Richchini esa 28 million evroga baholamoqda.

Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" orta qolgan 10 ta turdan APL turnir jadvalida 23 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam "Liverpul" hisobida esa 25 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!