"Manchester Siti" Reyndersning kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 20.07.2026 15:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» rahbariyati niderlandiyalik yarim himoyachisi Tijani Reyndersni kamida yana bir mavsum jamoada qoldirish niyatida.

Football Insider nashri xabariga ko‘ra, klub rahbariyati yozgi transfer oynasida gollandiyalik futbolchining ketishiga oid har qanday taklif va muzokaralarni to‘sishga qaror qilgan. 

Oxirgi haftalarda Reynders nomi «Nyukasl», «Atletiko» va «Galatasaroy» klublari bilan bog‘lanib kelayotgan edi, ammo manbaga ko‘ra, «Manchester Siti» bu yozda uni sotish yoki ijaraga berishni rejalashtirmayapti.

Tijani Reynders «Milan»dan «Manchester Siti»ga 2025 yil yozida 54 million yevro evaziga o‘tgan. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2030 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi. 2025/26 yildagi mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida «shaharliklar» tarkibida 47 o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali Reyndersning bozor qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!