"Manchester Siti" sardorlari EChLdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, muxlislar uchun pul ye‘g‘ishdi
"Manchester Siti" Chempionlar ligasi doirasida "Budyo-Glimt"ga qarshi safar oʻyinida magʻlubiyatga uchradi. Xosep Gvardiola jamoasi Norvegiyada 1:3 hisobida magʻlub boʻldi.
Jurnalist Saymon Baykovskining xabar berishicha, "Manchester Siti" sardorlari Norvegiyadagi oʻyinga tashrif buyurgan klubning barcha 374 nafar muxlislariga chipta pulini qaytarib berishga qaror qilgan. "Shaharliklar" yetakchilariga bu deyarli 10 ming funtga tushdi.
"Manchester Siti" sardorlari bunday vaziyatda muxlislar uchun qila oladigan eng kam narsa - xarajatlarni qoplash ekanini taʼkidladi.
Xosep Gvardiola shogirdlari navbatdagi oʻyinni 24 yanvar kuni oʻz maydonida "Vulverxempton"ga qarshi oʻtkazadi.
Fikrlar