“Manchester Siti” Shomurodovning goliga munosabat bildirdi

  • 25.09.2026 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joze avval ham uch yil davomida «qaymoqranglilar»ni boshqargan edi.

«Real» jamoasining bosh murabbiyi Joze Mourin'yu bu yozda nega yana Madrid klubiga qaytishga qaror qilgani haqida gapirib berdi.

«Mening «Real»ga qaytishim sababi? «Real» meni qayta taklif qildi. Dunyodagi eng yirik klub ikki mavsum davomida sovrinsiz qoldi. Shuningdek, muxlislar bilan munosabatlarda ham ma'lum bir uzilish yuzaga kelgan edi. Klub men bilan bog'lanib: «Biz seni bilamiz, sen bu yerdagi klubni, madaniyatni, odamlarni yaxshi bilasan. Bizga keraksan, jamoani tiklab, oldingi kabi yana bir ajoyib o'n yillikni boshlashimiz uchun yordam ber», dedi», — deya Mourin'yuning so'zlarini keltiradi El Chiringuito.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourin'yu 2010–2013 yillarda ham «Real»ni boshqargan. Uning qo'l ostida madridliklar La Liga, Ispaniya kubogi va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!