“Manchester Siti” va “Arsenal” PSJning 60 millionlik futbolchisiga xaridor
PSJ yarim himoyachi Senni Mayulu bilan 2027 yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti. "Arsenal", "Chelsi" va "Manchester Siti" 19 yoshli futbolchi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda. Bu haqida Caught Offside xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransuz grandi Mayuluni tekinga qo‘yib yubormoqchi emas. Agar u bilan kelishuvga erishilmasa, PSJ boshqa klublar bilan 60 mln evrodan muzokaralarni boshlashi kutilmoqda. Shu bilan birga, bu miqdor 65-70 million evroga yetishi mumkin. Agar yarim himoyachi APL jamoasiga o‘tishi mumkin bo‘lsa, uning maoshi 3 barobarga oshishi kutilyapti.
Joriy mavsumda Mayulu barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 40 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar