"Manchester Siti" Zinchenko bilan shartnomani uzaytiradi

  • 03.05.2019 09:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko tez orada “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi.

Biroq, hozircha 22 yoshli ukrainalik futbolchi va APL grandi o‘rtasida tuziladigan shartnoma muddati oshkor etilmayapti. Shunisi ma’lumki "Siti" bosh murabbiy Xosep Gvardiola yangi mavsumda Zinchenkoga jamoaning asosiy futbolchilaridan biri sifatida qaramoqda.

Ma’lumot uchun, Zinchenko joriy mavsum “Manchester Siti” safida 26ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!