
“Manchester Siti”ni yana bir yulduz tark etadigan bo‘lyapti
“Manchester Siti” rahbariyati tarkibni yangilash va yoshartirish siyosatini olib borayotgani bois, klubning yoshi katta yulduzlari o‘ziga munosib boshqa jamoa topish harakatini boshlab yuborgan.
Klubni tark etishi kutilayotgan o‘yinchilar orasida 29 yoshli Jek Grilish ham. Angliyalik yarim himoyachiga Italiya grandlaridan “Napoli” jiddiy qiziqsh bildiryapti.
The Sun nashrining yozishicha, o‘yinchining o‘zi agar “Manchester Siti” tarkibni qayta shakllantirish jarayonida undan voz kechishga qaror qilsa, faoliyatini Angliya Premer-ligasidan tashqarida davom ettirishni ma’qul ko‘rmoqda.
Jek Grilish “Aston Villa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va uzoq muddat davomida aynan mana shu jamoaning asosiy yulduzi bo‘lgan. 2021 yilning yozida “Manchester Siti” uni rekord summa – 117,5 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi.
Biroq Xosep Gvardiola jamoasida hujumkor futbolchi yuqori darajaga ko‘tarila olmadi va futbol jamoatchiligi tomonidan hamon ko‘p tanqid qilinadi.
Fikrlar