"Manchester Siti"ning yangi yulduzi APLda rekord o‘rnatdi
"Manchester Siti" a’zosi Rayan Sherki Angliya Premier-ligasining 2025/2026 yildgi mavsumida 10 tadan ortiq golli vaziyat yaratgan ilk futbolchiga aylandi. Shuningdek, u ettita golli uzatmani amalga oshirib, o‘yindan golli uzatma bo‘yicha rekord o‘rnatdi, bu liganing barcha o‘yinchilari orasida eng yaxshisidir. Bu haqida Squawka tahliliy portali xabar bermoqda.
APLning 18-turidan o‘rin olgan 27 dekabr kungi bahsda Sherki "Nottingem Forest"ga qarshi o‘yning 83-daqiqasida g‘alaba to‘pini kiritdi. Natijada "Manchester Siti" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Xosep Gvardiola jamoasi 18 o‘yindan so‘ng 40 ochko bilan APL turnir jadvalid 2-o‘rinda bormoqda. Unda Londonning "Arsenal" klubi 42 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar