Manchester superklubi “Real”dan mashhur oʻyinchini oladi
“Manchester Yunayted” yozgi transfer oynasida “Real” yarim himoyachisi Orelien Tchuamenini transfer qilish yo‘llarini izlamoqda.
Kazemironing ketishi munosabati bilan klub ikki nafar yarim himoyachini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Asosiy maqsad – yuqori darajadagi tayanch yarim himoyachini jamoaga olib kelish.
The Telegraph nashri ma’lumotiga ko‘ra, Tchuameni nomzodlar ro‘yxatida muhim o‘rinni egallagan. Shu bilan birga, uning kelajagi “Real” yozda yangi yarim himoyachi sotib oladimi-yo‘qmi, shu holatga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, klub prezidenti Florentino Peres “Manchester Siti” futbolchisi Rodrini yuqori baholayapti va yozda uni transfer qilmoqchi.
26 yoshli Tchuamenining bozor qiymati Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra 75 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar