“Manchester Yunated” rahbariyati nega Erik ten Xagni haydamayapti?
“Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasida ham, UEFA Chempionlar ligasida ham ishgonchni oqlay olmayapti.
Jamoa Chempionlar ligasida o‘z maydonida Turkiyaning “Galatasaroy” futbolchilariga 2:3 hisobida yutqazganidan keyin ko‘pchilik bosh murabbiy Erik ten Xagning ishdan olinishini kutgandi.
Biroq klub xo‘jayinlarining fikri boshchaqa bo‘lib chiqdi. Ular joriy natijalar qoniqarsiz ekaniga qaramay, niderlandiyalik murabbiyga ishonch bildirishda davom etadi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Rahbariyat Erik ten Xag yaqin orada jamoani bu vaziyatdan olib chiqishi va yangi bosqichga ko‘tarishiga qattiq ishonmoqda. Qolaversa, jamoadagi jarohatlar tufayli 12 nafar o‘yinchi safdan chiqqan bo‘lsa-da, Erik ten Xag nolimay ishlashda davom etgan klub mutasaddilariga juda ma’qul kelgani aytilmoqda.
Fikrlar