"Manchester Yunayted" 13 daqiqa ichida 3 ta gol urdi va g‘alabani ilib ketdi (video)

  • 6 dekabr, 2020, 01:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasining 11-turida “Manchester Yunayted” Londonda “Vest Xem” mehmoni bo‘ldi.

Tecno

Dastlab, 38-daqiqada Tomash Souchek maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda “qizil iblislar” raqib darvozasini 3 marta ishg‘ol qilishga erishdi va 1:3 hisobida g‘alaba qozondi. MYu safida gollarni Pol Pogba (65'), Meyson Grinvud (68') hamda Markus Reshford (78') kiritdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!