
"Manchester Yunayted" 40 millionga olgan futbolchisini tekinga qo‘yib yuborishga tayyor
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek jamoani tark tark etishi mumkin. "Teamtalk" nashri xabariga ko‘ra, mankunianliklar rahbariyati niderlandiyalik futbolchining transferi uchun 40 million evro sarflaganiga qaramay, uni tekinga qo‘yib yuborishga tayyor.
Joriy mavsumda 26 yoshli yarim himoyachi Frankfurtning "Ayntraxt" klubida ijara asosida o‘ynamoqda. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Donnining transfer narxi etti million evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Donni joriy mavsum Bundesligada oltita o‘yin o‘tkazdi.
Fikrlar