
"Manchester Yunayted" afsonasi jamoani sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted"ning afsonaviy futbolchisi Devid Bekxem klubni xarid qilishi mumkin. Bu haqda "Mirror" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, Gleyzerlar oilasi "qizil iblislar"ni sotishga roziligini ma’lum qilganidan so‘ng Devid muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Bekxem klubni to‘liqligicha sotib olishga qurbi etmaydi, shu sababli u sarmoyaviy konsortsiumning bir qismiga aylanishi mumkin.
Ta’kidlab o‘tamiz, 2005 yil MYuni 790 million funt evaziga sotib olgan Gleyzerlar jamoani seshanba kuni sotuvga qo‘ydi. Klub egalari uning sotuvidan kamida 8 milliard funt ishlab olmoqchi.
Fikrlar