"Manchester Yunayted" afsonasi Maguayrni himoya qildi
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Ueyn Runi "The Wayne Rooney Show" podkastida Xarri Maguayrga nisbatan yillar davomida bo‘lgan tanqidlarga munosabat bildirdi.
"Maguayr boshidan kechirgan bosimni men tasavvur ham qila olmayman. U yillar davomida internetda kulgiga sabab bo‘ldi. Ammo shunga qaramay, u yo‘lidan qaytmadi va hatto Jahon chempionatlarining ramziy jamoalariga ham kiritilgan.
Bu haqiqiy tazyiq, hatto kamsitish darajasidagi edi. Unga ham, oilasiga ham bu oson bo‘lmadi. Ammo u bunga dosh bera oldi — bu uning naqadar kuchli inson ekanini ko‘rsatadi. Xarri o‘zini qayta tikladi va hozir o‘z imkoniyatini to‘liq namoyon qilmoqda. Men bundan chin dildan xursandman", — dedi Runi.
Eslatib o‘tamiz, himoyachi APLning 8-turida "Liverpul" (2:1) darvozasiga g‘alaba golini urib, «qizil iblislar»ga muhim 3 ochko keltirgan edi.
Fikrlar