"Manchester Yunayted" bosh murabbiylikka to‘rt nomzod tanladi
Zo‘ri jamoani boshqarishi kerak
«Manchester Yunayted» rahbariyati bosh murabbiy Maykl Kerrikka o‘rinbosar izlayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqida sport jurnalisti Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, klub bosh murabbiy lavozimi uchun bir nechta nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida Yulian Nagelsmann, Antonio Konte, Eddi Xau va Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt bor.
Angliya premyer-ligasining sakkizinchi turida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Bornmut»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
«Manchester Yunayted» hozircha jami yetti ochko to‘plagan holda Angliya chempionati jadvalidа 16-o‘rinni egallab turibdi. Klubning navbatdagi uchrashuvi 31 oktyabr kuni «Chelsi»ga qarshi o‘yin bo‘ladi.
Shuningdek, Antonio Konte avvalroq tarqalgan mish-mishlarga izoh berar ekan, «Manchester Yunayted» bilan hech qanday ilgariilgan muzokaralar olib bormasligini ta’kidlagan edi.

Izohlar (0)