
"Manchester Yunayted" "Breshiya" xavbeki uchun 40 million evro taklif qildi
Daily Star ma’lumotiga ko‘ra "Breshiya" xavbeki Sandro Tonali "Manchester Yunayted" tarkibini to‘ldirishi mumkin.
19 yoshli futbolchi bilan "qizil iblislar" anchadan buyon qiziqib kelishayotgan edi. Ammo mankunianliklar "yangi Pirlo" uchun endi rasman taklif yuborishdi. Manbaga ko‘ra, xavbek uchun MYu 40 million evrolik taklif yuborgan.
Joriy mavsumda Tonali A Seriyaning 9 o‘yinida maydonga tushib, 1 gol va 2 gollik uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar