«Manchester Yunayted» Brunu Fernandesni sotishni rejalashtirmoqda
Muhammadqodir Ruzmatov
«Manchester Yunayted» Brunu Fernandes bilan shartnomani uzaytirib, keyinchalik sotishni rejalashtirmoqda
Football Insider nashri xabar berishicha, «Manchester Yunayted» yarim himoyachi Brunu Fernandeshni sotish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Mançesterliklar portugaliyalik futbolchini tekinga qo‘yib yuborishni istamayapti. Shu sababli shartnomani uzaytirish va keyinchalik uni transferga qo‘yish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda.
Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted» safida Angliya Kubogi va Liga kubogida g‘olib chiqqan. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda.

Izohlar (0)