“Manchester Yunayted” bu yulduzdan to‘liq voz kechishga qaror qildi

  • 11 iyun, 2024, 18:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2021 yilning yozida “Manchester Yunayted” rahbariyati “Borussiya Dortmund”da porlagan Jeydon Sanchoni olish uchun 85 million evro sarflagan edi.

Tecno

Biroq o‘tgan mavsumda angliyalik futbolchi bosh murabbiy Erik ten Xag bilan kelisha olmay qoldi. Natijada klub uni dortmundliklarga ijaraga berib yubordi.

24 yoshli Jeydonning Bundesliga klubida ishlari yurishib ketdi. O‘yini ochilgan Sancho jamoasini Chempionlar ligasi finaliga chiqishiga katta yordam berdi.

Shunga qaramay, “Manchester Yunayted” Jeydon Sancho bilan hamkorlikni davom ettirmaslikka va yozgi transferlar vaqtida uni sotib yuborishga qaror qilgan.

Yaqinda 130 million evroga baholangan futbolchini manchesterliklar 40 million evroga qo‘yib yuborishgarozi ekani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!