“Manchester Yunayted” darvozaboni Ispaniyaga ketadi

  • 21 sentabr, 2020, 10:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ing zaxira darvozaboni Serxio Romero faoliyatini Ispaniyada davom ettirishga yaqin turibdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 33 yoshli argentinalik darvozabonni “Valensiya” o‘z safiga chorlamoqda. Ispaniyaliklar manchesterliklarning asosiy tarkibiga kirishdan butunlay umidini uzgan darvozabon uchun 6 million evro to‘lashga tayyor.

“Manchester Yunayted” ham Romeroni sotib yuborishdan manfaatdor. Chunki ayni paytda jamoa tarkibida yana ikki nafar kuchli golkiper – David de Xea va Din Xenderson bor.

Romero 2015 yili “Sampdoriya”dan olib kelingan edi. Asosiy tarkibga kirish uchun David de Xea bilan raqobatlasha olmagan darvozabon asosan turli miqyosdagi kubok o‘yinlarida maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!