Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Manchester Yunayted» Eddi Hauni 3 mln funt tovon to‘lashi kerak

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

“Manchester Yunayted” Eddi Hauni bosh murabbiy etib tayinlash uchun “Nyukasl”ga taxminan 3 million funt tovon to‘lashi kerak bo‘ladi.

“Manchester Yunayted” Eddi Xauni navbatdagi bosh murabbiy etib tayinlashni istasa, “Nyukasl”ga taxminan 3 million funt miqdorida tovon to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Maykl Karrik esa faqat yangi murabbiy bilan kelishuv to‘liq rasmiylashganidan so‘ng lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda.

Manbaga ko‘ra, 3:0 hisobidagi “Bornmut”ga yirik mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa rahbariyati Karrikning kelajagini muhokama qilgan. Sport direktori Jeyson Uilkoks va ijroiya direktori Omar Berrada bilan suhbat o‘tkazilganiga qaramay, Karrik seshanba kuni jamoaga mashg‘ulot o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu mag‘lubiyat “Yunayted” uchun g‘alabasiz o‘yinlar seriyasini sakkiztaga yetkazdi.

Eddi Xau Uilkoks uchun bosh murabbiy lavozimidagi asosiy nomzod hisoblanadi va u o‘zi ham bu ishni qabul qilishga tayyor. Iyul oyida “Nyukasl”ni tark etar ekan, Xau qolgan shartnoma muddati bo‘yicha alohida kelishuvga erishgan, shu bois “Nyukasl” tovon puli olish huquqiga ega.

“Manchester Yunayted” Xau bilan birga uning murabbiylar shtabi uchun ham ma’lum miqdorda kompensatsiya to‘lashi kerak bo‘ladi. Uning yordamchisi Jeyson Tindal bu shtabga boshchilik qiladi.

Shu bilan birga, “Manchester Yunayted”ning skautlar va transferlar bo‘yicha direktori Kristofer Vivell boshqa bir nomzod – Germaniya terma jamoasi va “Bavariya”ning sobiq bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanni faol ravishda taklif etmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q