«Manchester Yunayted» Fernandesdan qutulishga qaror qildi
«Manchester Yunayted» Brunu Fernandes bilan shartnomani uzaytirib, mavsumdan so‘ng uni transferga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa sardori va yarimhimoyachisi Brunu Fernandesni sotish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, klub portugaliyalik futbolchi bilan yo‘llarni ajratish niyatida, biroq uni erkin agent sifatida ketishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas. Shu bois «Manchester Yunayted» rahbariyati shartnomani uzaytirib, mavsum yakunidan so‘ng uni transferga qo‘yish variantlarini o‘rganmoqda. Hozirgi shartnoma 2027 yil yozigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda Brunu Fernandes barcha musobaqalar doirasida 11 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bir bor golli pas muallifi bo‘ldi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 32 yoshli portugaliyalik futbolchining bozor qiymati 35 million yevro atrofida baholanmoqda.

Izohlar (0)