Asosiy mazmunga oʻtish

«Manchester Yunayted» futbolchilari mag‘lubiyatdan keyin dam olishdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Manchester Yunayted» «Komo»ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 1:4 hisobida yirik magʻlubiyatga uchradi.

«Manchester Yunayted» chorshanba kuni safarda «Komo»ga qarshi bahs olib borib, 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu natija jamoa muxlislarining noroziligiga sabab bo‘ldi.

ESPN o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, «Manchester Yunayted» asosiy tarkib futbolchilari juma kuni mashg‘ulotlarga qaytishadi. Payshanba kuni esa jamoaga dam olish berilgan.

Qayd etilishicha, bunday qaror futbolchilarning jismoniy tiklanishi uchun qabul qilingan.

«Manchester Yunayted» navbatdagi uchrashuvini 25 oktyabr, yakshanba kuni APL doirasida «Bornmut»ga qarshi o‘tkazadi.

Ayni paytda Maykl Kerrik shogirdlari Angliya chempionati jadvalidа 13-o‘rinni egalab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q