"Manchester Yunayted" Kunyadan so‘ng yana bir transferni hal qildi

  • 27 may, 11:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Ipsvich Taun" futbolchisi Liam Delap bilan kelishuvga erishdi. Bu haqida ESPN nashri xabar bermoqda. 
 
Manbaga ko‘ra, klub futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan sotib olish bandini faollashtirishga tayyor. Bitim summasi 36 million evroni tashkil etadi. Ma’lum bo‘lishicha, iqtidorli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari ham kelishib olingan. Transfer rasman yaqin orada yakunlanishi mumkin.

Xabaringiz bor, bir necha kun oldin "qizil iblislar" "Vulverxempton" o‘yinchisi Mateus Kunya bilan ham kelishuvga erishgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 2024/25 yilgi mavsumda 22 yoshli hujumchi 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va sheriklariga ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!