«Manchester Yunayted» Lisandro Martinesni klubni tanqid qilgani uchun jarimaga tortadi
«Manchester Yunayted» Lisandro Martinesni klub rahbariyatini ommaviy tanqid qilgani uchun jarima va zahiraga tushirish bilan jazolamoqchi.
«Manchester Yunayted» klubi himoyachi Lisandro Martinesni jamoa haqidagi tanqidiy fikrlari uchun jazolaydi.
Chempionlar ligasi doirasida «Atletiko»dan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng argentinalik himoyachi klubni tanqid qilgan edi.
«Murabbiylarni doimiy ravishda almashtirib bo‘lmaydi. Kerrik qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. Boshqa sohalar-chi? Men kattaroq investitsiyalarni kutyapman, texnik direktordan ham ko‘proq narsa kutaman», — dedi Martines.
The Athletic nashri xabar berishicha, «Yunayted» bilan bog‘liq bir nechta shaxs futbolchining so‘zlarini «misli ko‘rilmagan holat» deb baholagan.
Klub manbalariga ko‘ra, Martines «muqarrar ravishda» jarimaga tortiladi. Shuningdek, uning 18 oktyabr kuni «Lids»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi ham ehtimoldan yiroq.

Izohlar (0)