«Manchester Yunayted» Maykl Kerrikni iste'foga chiqarishi mumkin
«Manchester Yunayted» rahbariyati Maykl Kerrikni so‘nggi omadsiz natijalardan so‘ng iste’foga chiqarishi kutilmoqda.
«Manchester Yunayted» rahbariyati bosh murabbiy Maykl Kerrikni iste’foga chiqarish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Sky Sports xabariga ko‘ra, klub rahbarlari mutaxassisga o‘rinbosar nomzodlarni izlashni boshlab yuborgan.
Bugun APLning 8-turida mankunianliklar o‘z maydonida «Bornmut»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Jamoa so‘nggi sakkizta uchrashuvda besh marta mag‘lubiyatga uchrab, uch bor durang qayd etdi.
Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» rahbarlari bugungi o‘yindan oldin ham Kerrik o‘rniga nomzodlarni izlayotgan edi. Endi esa bu jarayon tezlashtirilishi kutilmoqda. Klub ichidagi manbalar amaldagi bosh murabbiyning iste’foga chiqarilishini kutmoqda.

Izohlar (0)