“Manchester Yunayted” “ov”ga chiqdi

  • 2 avgust, 2022, 15:38
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" mavsum boshlanishidan oldin ko‘plab xaridlarni amalga oshirishi mumkin. “Ekspress” nashri xabariga ko‘ra, mankunianliklar deyarli har bir pozitsiya uchun yangi o‘yinchilar sotib olishni mo‘ljallamoqda.

"Qizil iblislar" David de Xeaga munosib o‘rinbosar bo‘la oladigan zaxira darvozabonini taklif qilmoqchi. O‘tgan mavsum Italiya chempionatida harakat qilgan argentinalik kiper Serxio Romero yana "Old Trafford"ga qaytishi ehtimoli bor.

Himoya chizig‘ini ham kuchaytira oladigan futbolchilar qidirilmoqda. Ushbu o‘rin uchun Denzel Dyumfries va Maks Aarons asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Pol Pogba ketganidan keyin klubning markaziy yarim himoya pozitsiyasida ham kamchiliklar bor. MYuning qisqa ro‘yxatiga Yuri Tilemans va Sergey Milinkovich-Savich kiritilgan.

"Manchester Yunayted"ga hujumchi ham kerak va hozirda Antoni va Sebastyan Sheshkolarning nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Boisi, Krishtianu Ronaldu jamoani tark etsa, klubning old chizig‘i ancha kuchsizlanib qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!