
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisini ortga qaytarmoqchi
"Barselona" hujumchisi Memfis Depay kelasi yili klubini o‘zgartirishi mumkin. Futbolchi qishda yoki yozda kataloniyaliklar safini tark etishni istamoqda. "Barsa" niderlandiyalik forvardni ketishiga qarshi emas, shu sabab u uni qishda transferga qo‘yishi kutilmoqda.
"Spanish Sport" nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Depayning o‘yinini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shu bois, hujumchini "Old Trafford"ga yana qaytishi kutilmoqda.
28 yoshli Memfis Depay "Transfermarkt" portali futbolchini 20 million evroga baholamoqda.
Fikrlar