
Muhammad Saloh Diogu Jotaning ismini eshitgan paytida hissiyotlarini jilovlay olmadi
Xabaringiz bor, Angliya Premer-ligasining ilk turida "Liverpul" o‘z maydonida "Bornmut"ni qabul qilib, 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yin davomida klub va muxlislar Jota hamda uning ukasining xotirasini yod etdilar. "Liverpul" hujumchisi Diogu Jota va Portugaliya ikkinchi ligasidagi "Penafiel" jamoasi futbolchisi Andre Teysheyra da Silva 3 iyul kuni Ispaniyada yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan edi.
O‘yin yakunlangach, "Enfild" tribunalarida Jota nomi yangradi. Uchrashuvda so‘nggi gol muallifi bo‘lgan Muhammad Saloh esa ko‘z yoshlariga to‘sqinlik qila olmadi va muxlislarni olqishladi.
Fikrlar