"Manchester Yunayted" to‘rtta murabbiy variantini ko‘rib chiqmoqda
"Manchester Yunayted" yozda yangi murabbiy olib keladi va bir nechta variantlarni ko‘rib chiqmoqchi.
Xabarlarga ko‘ra, "qizil iblislar" murabbiy tanlashda shoshilmoqchi emas va Jahon chempionati yakunlangandan so‘ng bir qarorga kelmoqchi. Shu sababdan mankunyanliklar Karlo Anchelotti, Yulian Nagelsmann, Maurisio Pachettino va Tomas Tuxel kabi terma jamoada ishlayotgan murabbiylarni ham kuzatib bormoqchi. "Manchester Yunayted" murabbiy tanlashda asosiy omil sifatida yuqori bosimga chiday oladigan mutaxassisni jamoaga olib kelishni rejalashtiryapti.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda "qizil iblislar"ni sobiq futbolchi Maykl Kerrik boshqarib bormoqda.
Fikrlar