
“Manchester Yunayted” uch futbolchi bilan xayrlashadi
“Manchester Yunayted” mutasaddilari yozgi transferlar haqida bosh qotira boshladi. Birinchi navbatda, murabbiylar shtabiga kerak bo‘lmay qolgan futbolchilar ro‘yxati tuzildi.
Mavsum yakunlanishi bilan klub uch nafar tajribali o‘yinchi bilan xayrlashadigan bo‘lyapti. Yozda himoyachilar Viktor Lindelyof va Jonni Evans, shuningdek, yarim himoyachi Kristian Eriksen o‘ziga yangi jamoa topishi kerak bo‘ladi.
Transfer News Live va MailSport kabi nashrlarning ma’lum qilishicha, 30 yoshli Lindelyof, 36 yoshli Evans va 32 yoshli Eriksen bilan shartnomalar yangilanmaydi. Ularning bitimi 2025 yilning 30 iyun kuni yakuniga etadi.
Erik ten Xag boshchiligidagi murabbiylar shtabi bu o‘yinchilarga keyingi mavsum imkoniyat bermaslikka qaror qilgan.
Fikrlar